Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH UCHUN HUDUDLARDA KOMISSIYALAR TASHKIL ETILADI



Ulashing :


Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.


Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Tadbirkorlar kengashi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadbirkorlar kengashini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlanadi:

  • Tadbirkorlar kengashi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tarkibi;
  • Kengashning asosiy vazifalari, huquqlari va javobgarligi, Kengash tarkibini shakllantirish, faoliyatini tashkil etish va uning majlisini oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi Tadbirkorlar kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom.
  • Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari boʻladi:

    • tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi ta’minlanishini nazorat qilish;
    • tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi holatini va uning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi tizimini tahlil qilish;
    • tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha NHHlar loyihalarini ishlab chiqish zaruriyatini koʻrib chiqish;
    • tadbirkorlik sub’yektlarining infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;
    • mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va eksportni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

    Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

    Lola Abduazimova.
    /www.norma.uz/oz/nhh_loyihalari/tadbirkorlikni_qullab-quvvatlash_uchun_hududlarda_komissiyalar_tashkil_etiladi



    Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/nhh_loyihalari/tadbirkorlikni_qullab-quvvatlash_uchun_hududlarda_komissiyalar_tashkil_etiladi


Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/nhh_loyihalari/tadbirkorlikni_qullab-quvvatlash_uchun_hududlarda_komissiyalar_tashkil_etiladi


Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/nhh_loyihalari/tadbirkorlikni_qullab-quvvatlash_uchun_hududlarda_komissiyalar_tashkil_etiladi


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

26 09 2022 / 15:07