Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Ishbilarmonlik faolligi indeksi 7,2 foizga oshdi



Ulashing :


Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2022 yil avgust oyida 1072 birlikni tashkil etib, iyul oyiga nisbatan 7,2 foizga oshgan. Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 14 foiz o‘sgan.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

O‘tgan oyda Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan7,2 foizga oshib, 1072 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisob varaqalaridagi operatsiyalarsoni 12,6 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘yicha komponent 0,8 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 6,4 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 1,2 foizga mo‘’tadil kamaygan.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududlarda avvalgi oyga (2022 yil iyul) nisbatan o‘sgan. Sirdaryo (67,5%), Namangan (41,9%), Farg‘ona (22,5%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (33,4%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).

Bank hisob varaqalari bo‘yicha operatsiyalar

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 722,6 mingtani tashkil etdi va iyul oyiga nisbatan 652,2 ming tranzaksiyaga (12,9%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 12 ta hududda ko‘paygan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Toshkent shahri (18,0%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (10,6%), Farg‘ona (10,3%) va Buxoro (10,1%) viloyatlarida kuzatilgan. Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkich Sirdaryo (- 8,0%) va Qashqadaryo (- 1,4%) viloyatlarida kamaygan.

Tovar-xom ashyo birjasidagi faollik

IFIning birja komponenti 1,0644 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 6,4 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining (7,3%) oshganligi va har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining (- 0,4%) kamayganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2022 yil avgust oyida 7 357,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan8,1 foizga oshgan.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faolligi

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari bo‘yicha komponent 1,0077 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,8 foizga oshgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham ijobiy o‘zgarib, 9,4 foizni qayd etdi.

Barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni (610 041 birlik) nisbatan 5 386 taga ko‘payib, 615 427 birlikni tashkil etgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 21 taga oshgan.

Hisobot davrida kichik korxonalar soni 498 214 tadan 503 426 tagacha (o‘sish 5 212 ta) fermer xo‘jaliklari soni 108 273 tadan 108 426 tagacha (o‘sish 153 ta), yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’ektlar soni 3 575 tani tashkil etib, iyul oyiga nisbatan 21 taga ko‘paygan.

Brendlarni ro‘yxatga olish

Avgust oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,9883 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich iyulga nisbatan 1,2 foizga mo‘’tadil darajada kamaygan. Yuridik shaxslar tomonidan 337 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.


O‘zA


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

30 09 2022 / 10:51