Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Tomorqa madaniyati bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi



Ulashing :


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o'rinbosari, O'zLiDeP siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi Aktam Xaitov Jarqo'rg'on tumanidagi "Qorabura" mahallasining xonadonlarida bo'lib, u erda istiqomat qilayotgan aholining tomorqadan qanday foydalanayotgani bilan qiziqdi.

Xususan, hududda yashovchi Normo'min Raxmatovning xonadonida aynan tomorqadan unumli foydalanish bo'yicha amaliy seminar ham tashkil etildi. Unda tumandagi hokim yordamchilari, partiya faollari va mahalla fuqarolari ishtirok etishib, tomorqa madaniyati va undan mo'l-ko'l hosil olish sirlaridan voqif bo'lishdi.

Jumladan, xonadon egasi Normo'min Raxmatov tajribasi o'rnak qilib ko'rsatildi. N.Raxmatov 30 sotix tomorqasida ko'kat mahsulotlarini ekib, bir yilda 3-4 marta hosil olib, etishtirgan mahsulotini mahalliy bozorda sotib, daromad olmoqda.
Amaliy seminar davomida Aktam Xaitov tomorqadan unumli foydalanish bo'yicha tavsiyalarini ham berib o'tdi.





Sarlavxa :
Iqtisodiyot

03 10 2022 / 10:47