Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Investorlar bilan uchrashuv



Ulashing :


Investorlar bilan uchrashuv

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida “Investitsiya va raqobatga oid nizolarni hal etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti – bu faol investitsiya. Zero, mamlakatimizdagi qulay ishbilarmonlik muhiti, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Bu esa, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan soha faoliyatini rivojlantirishga doir islohotlar, ularning oldidagi mavjud to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, korxonalar faoliyati barqarorligini ta’minlash va yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi va ma’muriy sudi sudyalari investorlar bilan muloqot qildi. Qayd etildiki, ularning huquqlarini munosib himoya qilish maqsadida Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha maxsus sudlov tarkibi tashkil etildi. Bu esa xorijiy investorlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibidagi sudlov hay’atiga murojaat etish huquqini berish, ishlarni xolis va beg‘araz ko‘rib chiqishni kafolatlaydi. Jumladan, investitsiyaviy nizolarni sudlarda hal qilishning yangi tartibi bo‘yicha Iqtisodiy protsessual kodeksga va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ham ishtirokchilarga keng tushunchalar berildi. Shu jumladan, investitsiya va raqobatga oid nizolarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA

https://www.uza.uz/oz/posts/investorlar-bilan-uchrashuv_251745


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

26 03 2021 / 10:27