Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

«Investorlarga ko‘mak markazi» tashkil qilinadi



Ulashing :



Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 15 oktyabrda «Respublika hududlarida innovatsion va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi

Mazkur qaror bilan, Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan shaharlarida Toshkent shahrida barpo etilgan “Inno” texnoparki shaklidagi texnoparklarni 2023-2026 yillarda bosqichma-bosqich barpo etish belgilangan.

Qarorga muvofiq, texnoparkda iqtidorli yoshlar, talabalar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga jalb etish texnoparklarning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Shuningdek, texnoparkda biznes-inkubatorlar, tajriba maydonchalari tashkil qilish, tashabbuskor yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirish hamda ularni joriy etish va moliyalashtirish, yetakchi xorijiy kompaniyalar vakillari, ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari o‘tkazish vazifalari etib belgilandi.

Investitsiya loyihalari markazi tuzilmasida Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi tashkil etiladi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida «Investorlarga ko‘mak markazi» tashkil etiladi.

Markaz innovatsion yondashuv asosida barcha darajadagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega, investorlar va tadbirkorlarga «Yagona darcha» tamoyili asosida ko‘maklashib boradi.

O‘zAdan olindi


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

19 10 2022 / 14:38