Hurmatli
fermerlar!
Agar sizga nisbatan er huquqlaringizdan ixtiyoriy voz kechish
bo‘yicha majburlash yoki boshqa ko‘rinishdagi bosimlarga duch kelsangiz, ya’ni mazkur
harakatlar o‘z ixtiyoringizga qarshi amalga oshirilayotgan bo‘lsa, darhol adliya
organlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz!
1148 ishonch telefoni orqali yoki Telegram tarmog‘idagi
@tezkor_murojaat_bot ga yuboring.
Prezident
Farmoniga (https://lex.uz/uz/docs/6171343) asosan joriy yil 1 sentyabrdan boshlab
er uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risidagi ariza faqat notarial tartibda
tasdiqlanishi qat’iy belgilangan, er uchastkasiga bo‘lgan huquqning mahalliy davlat
hokimiyati organlari qarori bilan bekor qilinishi mumkin emas.
Mazkur tartib
fermerlarni majburan erini topshirtirish, bo‘sh oq qog‘ozga imzo chekdirish yoki
fermer nomidan boshqa shaxs imzo qo‘yishi kabi yillar davomida uchrab kelgan amaliyotlarga
chek qo‘yish, shuningdek, istalgan paytda fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlarining
erga bo‘lgan huquqlarini har xil yo‘llar bilan bekor qilishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida
joriy etilgan.
Ya’ni ixtiyoriylik
shaxsning haqiqatan asl xohish-irodasining ifodasi ekanligini tasdiqlash murakkab
huquqiy jarayon ekanligini inobatga olib, bu muhim vazifa notariuslarga yuklatilgan.
Adliya vazirligi
huquqiy munosabatlar barqarorligi, erga bo‘lgan huquqlarning ta’minlanishi qishloq
xo‘jaligi rivojlanishi uchun eng muhim shartlaridan biri ekanligini ta’kidlaydi.
Shu munosabat
bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslariga qonunchilik hujjatlari
talablari, ayniqsa yuqoridagi Farmon mazmun-mohiyatidan kelib chiqib zid faoliyat
yuritganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz.
Fermerlar
saytidan olindi
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
19 10 2022 / 15:33