·
95
26 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri
Ulukbek Maripovni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti tovar
ayirboshlash hajmini oshirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, sanoat,
energetika, qishloq va suv xo‘jaligida muhim kooperatsiya loyihalarini ilgari
surish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.