Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Bojxonachilar tadbirkorga madadkor bo‘lmoqda



Ulashing :


Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari tomonidan Qorovulbozor tumanidagi korxonalarda tashkil etilgan sayyor uchrashuvda sohadagi muammolar o‘rganilib ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Bojxonachilarning ilk manzili “Buxara Yevro Sement” MCHJ bo‘ldi. Yaqin fursatlarda to‘liq ishga tushirilishi kutilayotgan mazkur korxona faoliyati bilan yaqindan tanishgan bojxona xodimlari tadbirkorning eksport va import amaliyotlari jarayonida muammoga duch kelmaslik uchun zarur tavsiyalar berishdi.

Mazkur korxona joriy yilda 799 ming AQSH dollari qiymatidagi texnologik asbob-uskunalarni import qilish jarayonida 1,4 milliard so‘m miqdorida bojxona to‘lovlaridan imtiyozga ega bo‘lgan.

Sayyor uchrashuv “Davr oil Trade” MCHJda davom etdi. Uchrashuv davomida neftni qayta ishlashga ixtisoslashgan mazkur korxona vakillari bilan sohani rivojlantirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga ahamiyat qaratildi.

Zarif Komilov, O‘zA


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

15 11 2022 / 14:53