Hozirgacha Qozog‘iston vakili o‘z chiqishini yakunladi. Ayni payt Tojikiston tashqi siyosat mahkamasi rahbari ikki mintaqa hamkorligini rivojlantirishga oid fikrlarini bayon qilyapti. Umuman, aytish mumkinki, yalpi majlis spikerlari asosiy e’tiborni uch yo‘nalishga – savdo-iqtisodiy sheriklik ko‘lamini kengaytirish, transport bo‘yicha o‘zaro bog‘liqlikni takomillashtirish hamda raqamli infratuzilmani bugungi kun talabidan kelib chiqib, zamonaviy texnologiya yutuqlarini keng joriy etgan holda rivojlantirish masalalari tahliliga qaratishmoqda.
G‘.Xonnazarov, G‘.Hasanov,
A.Isroilov, D.Yoqubov (surat),
O‘zA
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
18 11 2022 / 12:32