Mazkur loyiha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, va “UNCTAD/JST” xalqaro savdo markazi hamkorligida ishlab chiqilgan.
Tadbirda so‘zga chiqqan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov mamlakatimizda biznesni qo‘llab-quvvatlash va savdoni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish borasida olib borilayotgan ishlar samara berayotganini ta’kidladi. Ayni jihat Yevropa Ittifoqi va jahon bozorlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qayt etish joiz, “Uzbekistan Trade Info” onlayn-vositasi transchegaraviy savdo bilan bog‘liq ma’lumotga bepul va doimiy kirishni ta’minlash, tadbirkor uchun vaqt va xarajatni qisqartirish va savdoni tartibga solish, shuningdek savdo jarayonidagi to‘siqlarni olib tashlashga yordam beradi.
Platformadagi ma’lumot yangilanishi jamoa tomonidan davlat idoralari va xususiy sektor bilan birgalikda ta’minlanadi.
Mazkur mintaqaviy loyiha Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda xalqaro savdo rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.
“Uzbekistan Trade Info” savdo axboroti platformasi bosqichma-bosqich transchegaraviy savdoni osonlashtirish, mavjud milliy onlayn xizmatlar qatorini to‘ldirish va O‘zbekiston xususiy sektoriga xalqaro savdo amaliyotida mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanishda yordam berish bo‘yicha samarali vositaga aylanadi.
Go‘zal Sattorova, Davron Ernazarov (surat), O‘zA
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
24 11 2022 / 11:04