Navoiy viloyati Karmana tumani “Sardoba” mahallasi hududida "Mebelchilik sanoat zonasi" barpo etilmoqda. Uning jami maydoni 6 gektarni tashkil etadi. Bu yerda umumiy qiymati 60 milliard so‘mlik 40 ta loyihani yo‘lga qo‘yish belgilangan. Natijada 200 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.
Bu yerda tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida bir qator loyihalar amalga oshiriladi.
A.Bo‘riyev, O‘zA
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
28 11 2022 / 12:42