Viloyat prokurori sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashib, yetarli darajada savdo faoliyatini olib borishi, munosib sharoit yaratish maqsadida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berldi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyat hududida 22 ta tuman (shahar)da 16 ta dehqon bozori va 374 ta rasta, olis hududlarda kunlik ko‘chma arzonlashtirilgan savdo yarmarkalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, viloyat prokurori Ohangaron shahrida faoliyat olib borayotgan “Saxovat uyi”da ham bo‘lib, istiqomat qiluvchilarga yaratilgan sharoitlar, energetika resurslari, isitish tizimida uzilishlar bo‘lmayotganligi o‘rganildi, oziq-ovqat va boshqa saxovat mahsulotlari yetkazildi.
A.Musayev, O‘zA
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
20 01 2023 / 16:32