Ushbu hujjatga asosan Surxondaryo viloyatida o‘tgan yilda 1 ming 210 nafar tomorqa yer egasiga 30,4 milliard so‘m ajratib berilgan. Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Qumqo‘rg‘on tumanlarida 4 ta tomorqachilik klasterlari tashkil etilgan. Buning uchun tegishli mablag‘ yo‘naltirilgan. Hududdagi suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 24 mahallada 28 ta artezian quduqlari ishga tushirilib, 3,5 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari ajratib berilgan.
Viloyatda holi xonadonlarining 49,5 ming gektar ekin maydonlari mavjud. Joriy yilda qancha maydonga erta bahorgi, takroriy ekinlar hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekilishi belgilab olingan. 545 ta mahalla “bir mahalla bir mahsulot” tamoyili asosida ixtisoslashtirilishi ko‘zda tutilgan. Aholi xonadonlarida issiqxonalar tashkil etilishi va natijada ko‘zda tutilgan miqdorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishi bo‘yicha prgnoz ko‘rsatkichlar va chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Shu kunlarda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mas’ullari viloyat mahallalarida hokim yordamchilari va tomorqa yer egalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomorqada ixcham issiqxonalar va “duga” usulida parniklar tashkil etish orqali 2-3 marta hosil olish, shuningdek, ayni kunlarda kuzatilayotgan anomal sovuq sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda bog‘ va tokzorlarni sovuq urishidan asrash bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi. “Bir mahalla bir mahsulot” tamoyili asosida ixtisoslashgan mahallalarda “agro do‘kon”lar va kichik “Tomorqa xizmati” markazlari tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlash va zaruriy mablag‘larni ajratish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Surxondaryo to‘qsonbosdi usulida sabzavot yetishtirish bo‘yicha eng katta tajribaga ega viloyat hisoblanadi. Hududda 2022 yilda joriy yil hosili uchun jami 36,2 ming gektar sabzavotlar ekilgan. Ushbu ekinlardan jami 737,2 ming tonna mahsulot yetishtirish bo‘yicha mahallalar kesimida prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
Angor tumani “Ilg‘or” mahallasida ham aholi tomorqa yer egalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida to‘qsonbosdi usulida sabzavot ekinlarini ekish va parvarishlashda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar to‘g‘risida fikr almashinildi va tegishli tavsiyalar berildi. Uchrashuv davomida mas’ullarga ushbu mahalladagi usta dehqonlar tajribasini tomorqachilik maktabi sifatida viloyatning boshqa tumanlaridagi mahallalarga ham keng joriy qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
23 01 2023 / 12:54