O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmasligi, bunday holatda teng huquqli tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanuvchi klasterlar va fermerlar o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarga davlat organlarining yoki mahalliy hokimlikning aralashuvi esa, shartnoma tuzish erkinligi prinsipiga zid hisoblanishi haqida so‘z yuritildi.
Mazkur qarorga ko‘ra, 2023 yil hosilidan boshlab, har yili 1 oktyabrga qadar paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan fermer ho‘jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta xom ashyosini yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuziladi.
2023 yil hosili uchun 2023 yilning 1 fevralga qadar shartnoma tuzilgan bo‘lishi kerak. Bunda, paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari soliq organlarining axborot tizimida ro‘yhatdan o‘tkaziladi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining «Agroplatforma» axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashida o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident qarori ijrosini ta’minlash, bunda barcha me’yoriy hujjatlarga rioya qilish zarurligi alohida qayd etildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga kengash mutaxassislari batafsil javob berishdi.
J.Rahmonov,
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi matbuot kotibi
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
07 02 2023 / 11:33