Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi



Ulashing :


Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Nishanov Maxamadjon Sadikjanovich tayinlandi.

Nishanov Maxamadjon Sadikjanovich 1969 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Andijon viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

O‘zA


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

21 02 2023 / 12:21