Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Anna Berde: O‘zbekistonda iqtisodiy yangilanishlar ijtimoiy islohotlar bilan uyg‘un



Ulashing :


Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Aytib o‘tish kerakki, O‘zbekistonning Jahon banki bilan hamkorligi strategik sheriklik asosida rivojlanib bormoqda. Bankning ko‘magi bilan energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida qator loyihalar amalga oshirildi.

Muloqot chog‘ida hamkorlikning amaliy jihatlariga e’tibor qaratilib, uning istiqbollari xususida fikr almashildi. Xususan, davlat korxonalarini xususiylashtirish dasturini amalga oshirish, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati rolini kuchaytirish, shuningdek, gender tenglik sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

O‘zbekistonda turli sohalardagi loyihalarni amalga oshirishda xorijiy kompaniyalarni jalb etish borasida Jahon bankining ishtiroki muhokama qilindi.

Anna Berde yurtimizdagi islohotlarning muvaffaqiyatini yuqori baholab, O‘zbekistonda iqtisodiy yangilanishlar ijtimoiy islohotlar bilan uyg‘un ravishda olib borilayotganini ta’kidladi.

Shu jumladan, ijtimoiy inklyuzivlik va ijtimoiy tenglik yondashuvlari asosida davlatning alohida strategik maqsadlari belgilanganini qayd etdi. Jahon banki bundan keyin ham O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishini aytib o‘tdi.

O‘zA


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

10 03 2023 / 12:58