Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Respublika tashqi savdo aylanmasi yanvar-fevral oyida 8,9 milliard AQSH dollariga yetdi



Ulashing :


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lum qilishicha, 2023 yil yanvar-fevral oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 8,9 milliard AQSH dollariga yetdi va 2022 yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 176,4 million AQSH dollariga yoki 2 foizga ko‘paydi.

Tashqi savdo aylanmasi – muayyan davr uchun mamlakat eksporti va importi qiymatining miqdori hisoblanadi. Tovarlarning tashqi savdo statistikasi O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish (import) yoki O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish (eksport) natijasida mamlakat material resurslari zaxiralariga qo‘shiladigan yoki ulardan ayirib tashlanadigan tovarlar hisobining tashqi savdo umumiy hisob tizimi asosida yuritiladi.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 3 milliard 164,6 million AQSH dollariga yetgan. O‘tgan yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 23,7 foizga ko‘paydi. Import hajmi 5 milliard 783,3 million AQSH dollariga yetdi va 25,1 foizga ko‘paydi.

O‘zbekiston Respublikasi jahonning 155 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Rossiyada 16,2 foiz, XXRda 14,9 foiz, Qozog‘istonda 7,8 foiz, Germaniyada 6,4 foiz, Turkiyada 6,1 foiz, Koreya Respublikasida 3,4 foiz va Qirg‘iz Respublikasida 1,9 foiz qayd etilgan.

Shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni iqtisodiy-ijtimoiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rish mumkin.

Xususan, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iz Respublikasi va Qozog‘iston kabi qo‘shni davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasida so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar kuzatilyapti. Misol uchun, so‘nggi uch yilda tashqi savdo aylanmasi Tojikiston va Qozog‘iston bilan 1,2 barobarga oshdi.

O‘zA


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

23 03 2023 / 11:29