Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Milliy iqtisodiyotimizni inklyuziv rivojlantirish yo‘lida muhim qadam



Ulashing :


O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Koreya Respublikasi Milliy tadqiqotlar kengashi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida anglashuv memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda o‘zaro hamkorlik aloqalari xususida so‘z bordi. Qayd etilganidek, har ikki mamlakatning turli sohalarda tajribalari uyg‘unligi, Koreya Respublikasi Milliy tadqiqotlar kengashi va uning tarkibidagi Koreya rivojlanish instituti dunyo bo‘ylab eng ilg‘or raqamli tahlil markazlaridan biridir.

Ushbu imzolangan anglashuv memorandumiga asosan tomonlar qo‘shma tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish, tarmoqlarni rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash hamda mutaxassislar salohiyatini yuksaltirish kabi masalalarda hamkorlik qiladi.

Aytish joizki, bunday aloqalar milliy iqtisodiyotimizni inklyuziv rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Nasiba Ziyodullayeva,

O‘zA


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

18 04 2023 / 11:45