Кредитларидан samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lagan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tumanlar hokimliklari uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga olgan dehqon xo‘jaliklariga yer maydonlaridan samarali foydalanish, “bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulotlar yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlar bozorini topishga ko‘maklashadi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “marketpleys” tizimi ta’minotchilar taklif etayotgan mahsulotlar (xizmatlar) bo‘yicha ustun mavqeini suiiste’mol qilish, ta’minotchilarning o‘zaro kelishib qilingan harakatlari va til biriktirishlari orqali narxlarning asossiz o‘sishining oldini olish, yetkazib berilayotgan mahsulotlar (ko‘rsatilayotgan xizmatlar) narxlarining hududdagi ichki bozor narxlariga mutanosib bo‘lishini ta’minlaydi.
Zargarlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga bel bog‘lagan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik sub’ektlariga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
O‘zA
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
25 04 2023 / 13:52