Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida aholi va tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 13 trillion so‘m ajratiladi. Oilaviy dasturlar bo‘yicha kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi. Hokim yordamchilari tashabbusi bilan ba’zi tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi.
Qolaversa, dasturlar doirasida avval kredit olib, undan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lagan kichik tadbirkorlarga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun ushbu kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat beriladi.
O‘zAning shu kabi qisqa videolarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib boring.
Farrux Xudoyorov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
26 04 2023 / 12:28