Tadbir haqida peshma-pesh material tayyorlash, jarayonni bevosita kuzatib, yoritib borish maqsadida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ham shay turibdi.
Ishbilarmon doira vakillari, fursatdan unumli foydalangan holda, o‘zaro muloqot olib boryapti, Tabiiyki, bu kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.
Butun xalqaro hamjamiyat e’tiborida bo‘lib turgani mazkur anjuman tarixiy voqeaga aylanishi turgan gap. Toshkent ko‘plab yangi xalqaro investitsiyaviy loyihalarni muvofiqlashtirish uchun maydonga aylanadi.
Forum doirasida yalpi majlis va sho‘’ba yig‘ilishlari, davra suhbatlari, taqdimot, brifinglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ikki kun davom etadigan tadbir yurtimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berib, hamkorlarni jozibador yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.
Batafsil ma’lumotlarni uza.uz sayti orqali kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz.
B.Xudoyberdiyev,
Nosirjon Haydarov(surat) ,O‘zA
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
27 04 2023 / 11:53