Bugundan yangi mehnat kodeksi kuchga kirdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
"O'zbekiston Respublikasining mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida"gi qonun qabul qilingan.
Yangi mehnat kodeksiga ko'ra, jumladan:
🔹 Mehnat shartnomasida xodimni kamsitadigan shartlar bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi.
🔹 Mehnatga natura shaklida haq to'lash taqiqlanadi.
🔹 Ishdan bo'shatish nafaqasi 200 foizgacha to'lanadi.
🔹 Dam olish kuni bayram kuniga to'g'ri kelsa keyingi kunga ko'chiriladi.
🔹 Ish beruvchining xodimdan mehnat shartnomasida shartlashilmagan ishni talab qilishi taqiqlanadi.
🔹 Xodim har xil malaka talab etiladigan ishlarni bajarganda unga yuqori malaka bo'yicha haq to'lanadi.
🔹 Yillik asosiy ta'til muddati 21 kalendar kun etib belgilanadi.
🔹 Xizmat tekshiruvi o'tkazish tartibi belgilanmoqda
🔹 Xodimlarga ish haqi qisman saqlanadigan qo'shimcha ta'tillar berilishi mumkin.
🔹 Ayollarga homilani antenatal (tug'ruqqacha) parvarishlash uchun qo'shimcha bo'sh kunlar beriladi.
🔹 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni ishdan bo'shatish asoslari kengaytirildi.
🔹 Ayrim toifadagi xodimlar uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytiriladi.
🔹 Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish tartibi belgilanmoqda.
🔹 Ish beruvchining boshqa joyga ko'chishi mehnat shartnomasini o'zgartirishga asos bo'ladi.
🔹 Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to'lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgianmaydi.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
09 05 2023 / 13:59