Prezident tomonidan 21.07.2023 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi PF-110-son Farmon imzolandi.
Quyidagi Prezident hujjatlariga kiritilayotgan
o‘zgartirishlarga muvofiq, tezkor-qidiruv tadbirlari va taftishlar
Biznes-ombudsman bilan kelishilmagan holda o‘tkaziladi:
·
19.11.1998
yildagi “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tashkil qilishni
tartibga solish to‘g‘risida”gi PF-2114-son;
·
27.07.2018
yildagi «Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5490-son.
·
Nazorat qiluvchi
organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar va
profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (13.09.2022
yildagi
PQ-374-son
Prezidentning qarori bilan tasdiqlangan).
Ma’lumot uchun: xozirgi
paytda:
·
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish
tashabbusi bilan chiqish «xavfni tahlil etish» tizimi natijalari asosida amalga
oshiriladi;
·
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik
sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni
elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart;
·
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan
tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan
tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat Biznes-ombudsman
tomonidan amalga oshiriladi.
·
tekshiruvni o‘tkazish Biznes-ombudsman bilan kelishgan
yoki uni xabardor etgan holda «YAgona davlat nazorati» axborot tizimida
ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.07.2023 yildan kuchga kirdi.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
07 08 2023 / 10:11