“2023–2026 yillarda uzumchilik va vinochilik
sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Prezident qarori (PQ–260-son, 03.08.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2023–2024 yillarda:
2023 yil 1 avgustdan:
Bunda Jamg‘arma
mablag‘lari “Qishloq qurilish bank” ATBga Markaziy bankning asosiy stavkasida resurs
sifatida joylashtiriladi hamda loyiha tashabbuskorlariga 10 yil muddatga (5 yillik
imtiyozli davr bilan) 2 foizdan ko‘p bo‘lmagan marja bilan tijorat krediti ajratiladi;
Bunda yangi uzumzorlarni
1 gektardan 10 gektargacha bo‘lgan maydonlarda barpo qilish bo‘yicha loyihalar Agentlik
tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtiriladi, yirik uzumchilik plantatsiyasi
shaklidagi loyihalar “Qishloq qurilish bank” ATB kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;
2024 yil 1 fevralgacha uzumchilik sohasi rivojlangan xorijiy
davlatlar ilmiy muassasalari hamda ilg‘or tajribaga ega xalqaro tashkilotlardan
100 nafarga yaqin soha mutaxassislari jalb qilinadi.
Xorijdan keltirilgan sovuqqa chidamli, urug‘siz, hosildorligi
yuqori 34 xildagi uzum navlarini “in-vitro” laboratoriyalarida
respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha sinov-tajribalar
tashkil qilinadi.
Qarorga ko‘ra,“Made in Uzbekistan” brendi ostida
xorijiy davlatlarda milliy vino savdo uylarini ochish hamda vino mahsulotlari eksportini
targ‘ib qilish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Qaror bilan Investitsiyalar,
sanoat va savdo vazirligida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda
davlat nazoratini olib borish boshqarmasi tashkil etildi.
Mazkur boshqarma iste’mol va
texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga
litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki
tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish ishlarini
tashkil etishga mas’ul hisoblanadi.
huquqiy_axborotdan olindi
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
07 08 2023 / 10:43