Prezident Administratsiyasining 2023 yil 17 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yilda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhining tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi viloyatning eng ko‘p tadbirkorlar jamlangan Sharof Rashidov tumanida bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida Sharof Rashidov tumani tadbirkorlari tomonidan yo‘l infrastrukturasi, elektr va suv ta’minotidagi uzilishlar, bank kredit mablag‘lari va yer ajratishdagi sustkashlik kabi masalalarda murojaat qildi.
Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, birma-bir qayd etib borildi.
Uchrashuv davomida Biznes-ombudsman hududiy vakili, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi xodimlari va qator mutasaddi tashkilotlar tomonidan tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganilib, ijrosi yuzasidan mutasaddi idoralar rahbarlari zimmasiga aniq topshiriq va vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.
A.QAYUMOV,
J.YORBEKOV (surat), O‘zA
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
16 08 2023 / 10:34