Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Tadbirkorning huquqi tiklandi



Ulashing :


“DREAM MEGABUILD” MCHJning Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan kameral soliq tekshiruvi natijasida jami 304 082 477 so‘m qo‘shimcha soliq hisoblanganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati Romitan tumani adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining hal qiluv qaroriga asosan Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasining “DREAM MEGABUILD” MCHJga nisbatan kameral soliq tekshiruvida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 20/1-07225-sonli qarori haqiqiy emas deb topildi. Tadbirkorning huquqlari tiklandi. Asossiz ravishda 304 082 477 so‘m ortiqcha soliq to‘lovi to‘lashining oldi olindi.


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

29 08 2023 / 14:13