Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Tadbirkor xotin-qizlar bilan uchrashuv



Ulashing :


Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazida viloyat tuman va shaharlarida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan ayollar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlar o‘z ko‘rgazmalari bilan qatnashdi.

Tadbir doirasida “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning istiqbollari” mavzusida anjuman ham tashkil etildi. Mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan viloyatda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvatlash va ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, “Eng mohir soch turmagi ustasi”, “Pazanda kelin” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov g‘oliblari viloyat hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir doirasida milliy liboslar, qadriyatlarimiz yana bir bor ulug‘landi.

Tadbirlarda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova ishtirok etdi.

Sh.Suyarov,

O‘zA muxbiri.


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

09 10 2023 / 10:59