Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi kompaniyaga aylantirilmoqda



Ulashing :


Tadbirkorlikning asosini moliyaviy manbalar tashkil qiladi. Boshqacha aytganda xarajatsiz harakat nolga teng. Har bir tadbirkor borki, o‘z biznesini rivojlantirish uchun unga pul kerak.

Davlat uchun tadbirkorlar qancha rivojlansa va yiriklashsa, shuncha yaxshi. Shu sababli mamlakatimizda tadbirkorlarni moliyaviy manba bilan ta’minlash asosiy vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi aynan shu maqsadlarda tashkil qilingan edi.

Jamg‘arma orqali o‘tgan davr mobaynida 3,1 trln. so‘m mablag‘ tadbirkorlarning kredit foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun ajratilgan.

Endilikda Prezident farmoni bilan mazkur jamg‘arma aksiyadorlik jamiyati shaklidagi kompaniyaga aylantirilmoqda.

Barcha xarajatlarni byudjet zimmasiga yuklash ham noto‘g‘ri. Sababi byudjet puli – eng avvalo, xalqning puli degani. Shu sababli kompaniyaning faoliyati endilikda biznesga yo‘naltiriladi, o‘zi pul topishni, daromad qilishni boshlaydi. Topilgan mablag‘larni esa yana tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflaydi.

Farmon natijasida 2027 yil yakuniga qadar kompaniya o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

O‘zA


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

20 11 2023 / 14:53