Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Tadbirkorlik sub’ektlari hamda soliq organlari o‘rtasida nizo keltirib chiqarayotgan holatlar



Ulashing :


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov, Jamoatchilik kengashi a’zolari, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Jamoatchilik kengashining yig‘ilishlarida tadbirkorlik sohasida qabul qilinishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar, tadbirkorlarni qiynayotgan muhim masalalarni muhokama qilib borish belgilangan. Xususan, Jamoatchilik kengashiga tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish, tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda vakolatli davlat organlariga taqdim etish kabi vazifalar yuklatilgan.

Shuningdek, davlat organlari, tadbirkorlik sub’ektlari, ilmiy doiralar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash va tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganish masalalari ham jamoatchilik kengashining vazifalaridan hisoblanadi.

Yig‘ilishda ko‘plab tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini inobatga olgan holda Soliq kodeksining 227-1-moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini yengillashtirish masalasi muhokama qilindi.

Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan Jamoatchilik kengashi a’zolarining takliflari batafsil muhokama qilindi va yakuniy xulosalarni Prezident Administratsiyasiga va Vazirlar mahkamasiga kiritish belgilab olindi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

14 12 2023 / 11:39