Unda tomonlar o‘zaro hamkorlik munosabatlari, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuvda Jahon bankining 2024 moliya yiliga mo‘ljallangan loyihalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, investitsiya loyihalari portfeli va O‘zbekiston bilan hamkorlik kontekstidagi operativ masalalar ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, uchrashuvda issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha qo‘shma loyiha va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish dasturlari bilan bog‘liq masalalar ham muhokama markazida bo‘ldi.
Ta’kidlanganidek, mazkur loyihalar barqaror rivojlanish va atrof-muhit muhofazasiga erishishning muhim jihatlari hisoblanadi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikda shaffoflik va ochiqlik muhimligini ta’kidlar ekan, O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi strategik sheriklik bundan buyon ham mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shishiga urg‘u berildi.
O‘z navbatida, Jahon banki mamlakat barqaror rivojlanishi va farovonligi bo‘yicha umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga va qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
21 12 2023 / 16:55