Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun muhim yangilik



Ulashing :


Kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun muhim yangilik


not found

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining yig‘ilishida dastlab “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga bojxona brokeri va xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Bugungi kunda bojxona brokerlari faoliyati yo‘nalishda ayrim muammoli holatlar mavjud. Jumladan, deklaratsiyalash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bozorida naqd pul olish orqali “qora brokerlar” ortib, ushbu faoliyat yo‘nalishida yashirin iqtisodiyot ulushi tobora ortib bormoqda. Ya’ni tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi bilan deklaratsiyalovchi shaxs o‘rtasida shartnoma imzolanmaydi va soliq organlarida hisobga olinmaydi.

Shuningdek, xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan ham muammolar bor. Bu esa o‘z navbatida, qisqa muddat faoliyat (bir kunlik) yurituvchi kuryerlik tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan jo‘natmalarni yalpi bojxona ko‘rigidan o‘tkazishni bekor qilish orqali xavflarni boshqarish tizimi asosida soddalashtirilgan bojxona nazoratini amalga oshirish imkoniyatini cheklamoqda.

Natijada nohalol kuryerlik tashkilotlari bilan bir qatorda halol kuryerlik tashkilotlari ham chuqur bojxona nazoratidan o‘tkazilmoqda va jo‘natmalarni fuqarolarga bir kun ichida (tezkorlik bilan) yetkazib berishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Qonun loyihasi bilan bojxona brokeri va xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish faoliyatlarini vakolatli organni xabardor etish asosida tashkil etish hamda bojxona brokeri va xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish faoliyatlarini vakolatli organni xabardor etmasdan boshlaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilash nazarda tutilmoqda.

Qizg‘in muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasining zarurati va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratib, loyihadagi ayrim normalar bo‘yicha qonun tashabbuskorlarini savolga tutishdi. Xususan, fraksiya a’zosi Javlonbek Ergashev bojxona brokeri sifatida faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnoma bermaganlik uchun jarimalar miqdori nega 20 baravar etib belgilanayotgani sabablari bilan qiziqdi.

Qonun tashabbuskorlari jarimalarning kamroq miqdorda belgilanayotgani sababini tushuntirar ekan, qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tganligi, xabardor etmasdan bu bilan shug‘ullanishning deyarli imkoniyati yo‘qligini aytib, jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda 20 baravar etib belgilanganligini qayd etdi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish va bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirishda mavjud qoidabuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

Mazkur qonun loyihasi bilan Savdo-sanoat palatasining ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini joriy etish, kichik va o‘rta biznes subyektlarini O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga tekin a’zo qilish, uning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish, a’zolari manfaatlari yo‘lida sudlarga apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini kiritish hamda tadbirkorlikka oid tashqi beg‘araz ko‘mak loyihalarini jalb etishda Palataning loyiha hamkori sifatida jalb etilishiga oid normalar belgilanmoqda.

Fraksiya a’zosi Botir Mardayev ushbu qonun loyihasining ahamiyatiga to‘xtalar ekan, uning qabul qilinishi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga, tashqi beg‘araz ko‘mak loyihalarini amalga oshirishni soddalashtirgan holda, mahalliy tadbirkorlarning xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyati bilan integratsiyalashuvini jadallashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Qizg‘in savol-javoblar, uzoq davom etgan bahs-munozaralardan so‘ng deputatlar har ikkala qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladilar.


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

12 03 2024 / 10:52