
Bundan maqsad yangi tadbirkorlik sinflarini shakllantirish, endi tadbirkorlikka kirib kelayotgan yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, amalda o‘z tajribasiga ega bo‘lgan biznes vakillarining tajribalarini yoshlarga keng targ‘ib etish va ularga huquqiy ko‘mak berishdan iborat. Shuningdek, yurtimizda tadbirkorlarga taqdim etilayotgan erkinliklar, imkoniyat va imtiyozlar haqida yoshlarni xabardor qilish maqsad qilingan.
“Tadbirkorlar klubi”ning navbatdagi muloqotida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarga taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Davlat soliq qo‘mitasi vakili Nazokat Sharifova bugungi kunda endi tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatidagi fuqarolarga keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, bu borada soliq idoralari tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida tushunchalar berdi.
Tadbirda qayd etilganidek, har oyda bir marta klubning ana shunday uchrashuvlari tashkil etilib, tadbirkorlar faoliyatiga oid muhim masalalar chuqur tahlil qilinadi.
Muloqotda yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.
Muhtarama Komilova,
Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
15 03 2024 / 10:21