Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Qishloq ho‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi



Ulashing :


Qishloq ho‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi

Joriy yil 15 mart kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining majlislar zalida “O‘zbekistonda qishloq ho‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbolli omillari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni ko‘llab-quvvatlash markazi hamda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda qishloq ho‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbolli omillari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Qishloq xo‘jaligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, “O‘zagrosug‘urta” AJ va boshqa sug‘urta tashkilotlari ekspertlari, shuningdek tadbirkor va fermerlik subyektlari, sohaga aloqador boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Aytish joiz, so‘nggi yillarda mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yurtimiz hayotida qator o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu o‘z navbatida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj oshishini ta’minlab, sug‘urta bozorida sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirmoqda.

Mamlakatimizda qishloq ho‘jaligini qo‘llab-quvvatlashda sug‘urta faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar sifati va ko‘lamini oshirish, ularning yangi turlarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Davra suhbatida O‘zbekiston-2030 strategiyasi va uni 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan qator vazifalar muhokama qilindi.

Xususan, Davlat dasturining 55-maqsadi – Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish borasida “Qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarni sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi ishlab chiqishda e’tibor qaratiladigan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 1 martdagi PQ–108-son qarori mazmun mohiyati, uning ijrosini samarali tashkil etish hamda soha mutaxassislarining mas’uliyatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumki, mamlakatimizda 90 ming nafarga yaqin fermer xo‘jaliklari, 500 ming nafardan ortiq dehqon va 5 millionga yaqin yordamchi xo‘jaliklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Barcha meva-sabzavot mahsulotlarining qariyb 70 foizi ularning o‘z hududlarida yetishtiriladi.

Davra suhbatida so‘nggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston dunyoda egallagan o‘rnini mustahkamlashga erishdi va bosqichma-bosqich ushbu sohada o‘z mavqe’ini yaxshilab borayotganligi aytib o‘tildi.

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan bugungi tez o‘zgaruvchan dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Ushbu sohani hozirgi zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha erishilgan xalqaro miqyosdagi ilg‘or tajribalarga ham to‘xtlib o‘tildi.

Bu borada ta’kidlash mumkinki, BMTning 2015 yilda qabul qilingan va O‘zbekiston tomoni ham imzolagan, 2018 yil 2 oktyabrdan Qonun bilan ratifikatsiya qilingan Parij Bitimining 8-moddasi 4-bandida, bir qator qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarida sug‘urta instituti orqali aholi va uning mulkini turli xatar-qaltisliklardan himoya qilishni tashkil etish yuzasidan tegishli me’yorlar qabul qilingan.

Jumladan, “2023 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori(PQ-113/5.04.2023) yo‘l xaritasiga muvofiq Qishloq xo‘jaligida Turkiya va Ispaniya davlatlarining qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha amaliy tajribasidan kelib chiqqan holda hosilni sug‘urtalashni joriy etish belgilangan.

Turkiya Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi” Qonuni (14.06.2005) qabul qilingan bo‘lib, 4 bo‘lim hamda 20 moddadan iborat. Bunga ko‘ra davlat:

- Sug‘urta tashkilotlari hamda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha sug‘urta xovuzi tashkiloti bilan hamkorlik qiladi;

- Davlatning axborot tizimida ro‘yhatdan o‘tkazishni ta’minlaydi (o‘simlik va hayvonot dunyosi);

- Faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlari bilan hamkorlikda mutaxassislar uchun treninglar tashkil etadi va hk.

Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash uyushmasiga boshqaruv kompaniyasi (TARSIM) kiradi. U qishloq xo‘jaligi biznesi bilan shug‘ullanadigan sug‘urta kompaniyalari tomonidan korporatsiya sifatida tashkil etilgan tashkilotdir.

Ispaniyaning “Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonuni (1978y.) qabul qilingan bo‘lib, 7 ta bo‘lim, 18 modda va qo‘shimcha qoidalardan iborat. Bular:

- Qishloq xo‘jaligi xatarlarini sug‘urtalash ixtiyoriydir;

- Tizimda xatarlarni qoplash xususiy sug‘urta kompaniyalari tomonidan birgalikdagi javobgarlik (birgalikda sug‘urta) asosida ta’minlanadi;

- Davlat tizimni qo‘llab-quvvatlaydi, nazorat qiladi, rivojlantiradi va b.

Demak, hozirgi kunda butun respublika bo‘ylab intensiv bog‘lar barpo etish

va sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar faol amalga oshirilmoqda. Shu sababli, yaratilgan bog‘lar, uzumzorlar va ekinlarni sug‘urtalash masalasi juda dolzarb hisoblanadi.

Shuning uchun aynan qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tabiiy ofatlar va ular tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash kafolatlarini berishi mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.

Davra suhbati yakunida mutasaddi tashkilot vakillari “Qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarni sug‘urtalash to‘g‘risida” Qonun loyihasi bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirib, o‘rnatilgan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan o‘rganib chiqilishi aytib o‘tildi.

Bu borada ayrim amaliy takliflar ham bildirib o‘tildi.

- qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining strategik yo‘nalishlari va ehtiyojlariga mos kreditlash va sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish;

- Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasini (Insurance Pool) tashkil etish va uni qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini boshqarish organi etib belgilash;

- qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha to‘plangan jahon tajribasi O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini ortib borayotgan xavf-xatarlardan himoya qilish uchun qishloq xo‘jaligi sug‘urtasining eng samarali va mahalliy sharoitga mos modelini tanlash va hk.





Sarlavxa :
Iqtisodiyot

19 03 2024 / 12:04