Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Yoshlarning muammolarini hal qilishga, tashabbuslari va zamonaviy g‘oyalarini ilgari surishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 1-tanlovni E’LON QILADI



Ulashing :



Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

1. “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan g‘oya asosida yosh avlodni jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar yoshlar bo‘lib ulg‘ayishiga ko‘maklashish;

2. Uchinchi Renessans g‘oyasining mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlar taffakuriga singdirish;

3. Jadidlarning vatanparvarlik, millatparvarlik va taraqqiyparvarlik sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy merosini yoshlar ongiga yetkazish;

4. Yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish, ona Vatanga muhabbat, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetlarni yanada kuchaytirish

5. Yoshlar orasida ijtimoiy tadbirkorlikning asoslarini keng targ‘ib etish, yoshlar qatlamining moliyaviy savodxonligini oshirish, moliyaviy xizmatlardan foydalanadigan yosh iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;

6. muqaddam sudlanganlikning huquqiy oqibatlariga duch kelgan, uyushmagan va tarbiyasi og‘ir yoshlarning jamiyatga qayta ijtimoiy integratsiyasiga va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;;

7. Nogiron, kam ta’minlangan, chin yetim yoshlarning qayta kasbga tayyorlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va bandligini ta’minlashni rag‘batlantirish;

8. Qishloq joylardagi ta’lim muassasalari bitiruvchilariga alohida e’tibor qaratgan holda ularni konstitutsiyaga muvofiq har qanday tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashi va biznesni rivojlantirishga qaratilgan ishlarini kuchaytirish;

9. Yosh qizlarni, oilalarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikni tashkil etishiga ko‘maklashi;

10. Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash;

11. Yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat g‘oyalarini, vatanga sadoqat, madaniy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni ommaviy madaniyatning salbiy illatlari ta’siridan himoya qilishga ko‘maklashish;

12. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga, “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda zamonaviy innovasion axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;

13. Buyuk ajdodlarimizning vatanparvarlik va taraqqiyparvarlik to‘g‘risidagi boy ma’naviy-ma’rifiy merosini yoshlar ongiga singdirish

14. Yoshlar orasida o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish;

15. Aholini, ayniqsa yoshlarni giyohvandlik, ahloqsizlik va zararli ta’sirdan himoya qilishda ta’lim muassasasi, oila va mahalla institutlari bilan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish;

16. Ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalashga, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga, yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashish;

17. Davlat dasturi ijrosining aniq natijalarni, islohotlar jarayonlarni xorijiy va mahalliy OAVlarida keng yoritish;

18. Jamiyatda radikallashuv va mutaassiblik, yot g‘oyalar ta’siriga qarshi mustahkam ma’naviy himoya qobig‘i shakllanishiga ko‘maklashish;

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb sayti va https://t.me/GROUP_JAMOAT_FONDI telegram kanalida joylashtirilgan va yangi yuklangan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish lisenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda lisenziyaning nusxasi;

6. Tashkilotning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

7. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 200 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2024 yil 1 apreldan 2 maygacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (78) 238-23-76, (78) 238-23-77.


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

05 04 2024 / 13:07