O‘zbekiston hukumati mahalliylashtirishga doir qaror chiqardi. Xorijda
ishlab chiqarilgan 529 xil mahsulotning davlat xaridlaridagi ishtiroki
taqiqlandi.
«Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida» hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra,
xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar va xorijiy shaxslar tomonidan
bajariladigan ishlarning davlat xaridlaridagi ishtirokini vaqtinchalik
taqiqlash tizimi joriy etiladi.
Mahalliy
mahsulotlarga esa import tovarlari narxining 15 foizigacha bo‘lgan
miqdorda imtiyozlar qo‘llaniladi.
Davlat xaridlaridagi ishtiroki
vaqtinchalik taqiqlangan va cheklangan xorijiy tovarlar ro‘yxatiga 529
turdagi mahsulot va xizmatlar kiritilgan. (Qaror
loyihasida mahsulot va xizmatlar turlari soni 302 xil edi).
Tasdiqlangan ro‘yxatga oziq-ovqat,
elektrotexnika, kimyo sanoati, to‘qimachilik, transport ehtiyot qismlari,
plastmassa, qog‘oz, keramika, shisha, metall buyumlar va boshqa turdagi
mahsulotlar kiritilgan.
Davlat organlari va tashkilotlariga qaysi
import-tovarlarni sotib olish cheklanishini ishchi organ (Iqtisodiyot
vazirligining Elektron kooperatsiya portali markazi) hal qiladi. Bunda ishchi organ mahalliy
ishlab chiqaruvchilarning murojaatlari va davlat tashkilotlarining takliflariga
asoslanadi.
Ro‘yxatda
keltirilgan tovarlarni davlat xaridlari asosida import qilish uchun davlat
buyurtmachisi ishchi organga ariza bilan murojaat qilishi kerak.
Mahalliy ishlab
chiqaruvchilarga narx imtiyozlari tenderda (tanlovda) xorijiy yetkazib
beruvchilar bilan birga 2 yoki undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilarning
takliflari olingan holatda qo‘llaniladi.
Qaror bilan
quyidagi 2ta nizom tasdiqlandi:
·
Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik
taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar,
xizmatlar) ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
·
Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan
tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi to‘g‘risidagi
nizom.
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
01 02 2021 / 17:22