Tanlovga
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik
jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy
ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
1. “Davlat organlari, biznes sub’yektlari
bilan hamkorlikda fuqarolar
farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini
xilma-xil shakllardagi mulklarni tashkil etish orqali yoshlar, ayollar va yosh
oilalarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
2. Chekka, tog‘li va olis qishloq
hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda fuqarolik jamiyati
institutlarining faolligini qo‘llab-quvvatlash;
3. Band bo‘lmagan aholini, ayniqsa
xotin-qizlar va yoshlarni hududning xususiyatidan kelib chiqib, ularning
iqtisodiy, moliyaviy va biznes sohasidagi ko‘nikmalarini yuksaltirish hamda
tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb qilish;
4. Yolg‘iz va ko‘p bolali oilalar
farzandlarini, ishsiz yoshlarni qo‘shimcha kasblarga (tikuvchilik, pazandalik,
sartaroshlik va boshqa yo‘nalishlar) o‘rgatish hamda bandligini ta’minlashga
ko‘maklashish;
5. Mahalliy rivojlanish dasturlarini
ishlab chiqish va amalga oshirish orqali mahallalarda ijtimoiy korxonalarni
tashkil etish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan aholi qatlamining
bandligini ta’minlash;
6. Kam ta’minlangan va daromadi past aholi
qatlamini ijtimoiy faolligini oshirish, aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish,
insonning ichki imkoniyati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga
qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
7. – “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va
qudratli bo‘ladi” tamoyilini hayotga joriy etish orqali aholini tadbirkorlikka
keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik, hunarmandchilikni
rag‘batlantirish borasida targ‘ibot ishlarini olib borish;
8. Turizm mahallalarida milliy
hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga aholini ish bilan band
bo‘lmagan qismini jalb qilish qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
9. Uy xo‘jaligidan foydalangan holda
daromad manbaini shakllantirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va daromadlar
manbaiga aylantirishga ko‘maklashish;
10. Milliy hunarmandchilik sohasida
ustoz-murabbiylik an’analarini yanada rivojlantirish, keksa avlodning bilimi,
tajribasi va mehnat salohiyatidan foydalanish, ularni hayotga tadbiq etishga
ko‘maklashish
11. Turizmning tarixiy-ilmiy, ekologik,
gastronomik va boshqa turlarini xorijiy auditoriya o‘rtasida ommalashtirish
orqali O‘zbekistonning sayyohlik hamda madaniy-tarixiy jozibadorligini
kuchaytirish;
12. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturi doirasida fuqarolik jamiyati institutlarining xospislar tashkil
etishdagi roli.
Davlat granti ajratish
uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1.
Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. Oliy
Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb sayti va
https://t.me/GROUP_JAMOAT_FONDI telegram kanalida joylashtirilgan va yangi
yuklangan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi
o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va
fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4.
Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar
loyihani amalga oshirish lisenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda
lisenziyaning nusxasi;
6.
Tashkilotning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
7.
Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash
xatlari.
Bitta
loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 200 million so‘mgacha.
Hujjatlar
2024 yil 1 apreldan 2 maygacha qabul
qilinadi.
Hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga
“O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4
formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri,
Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.
Hujjatlarni
taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat
fondining www.fondngo.uz rasmiy veb saytida tanishish mumkin.
Ma’lumot
uchun telefonlar: (78) 238-23-76, (78) 238-23-77.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
05 04 2024 / 13:09