Ijtimoiy
ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy
buyurtmasining shartlari:
-
ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi
zarur;
- davlat
ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning
ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqlik kelishi;
-
ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va
texnik imkoniyatning mavjudligi;
-
ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;
-
loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish,
uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni,
ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatalariga to‘liq rioya
etish.
Davlat
ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
Ariza
taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi
va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
www.fоndngo.uz
saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi
loyihasi uchun ariza;
Oxirgi
o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNT va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
Tashkilotning
davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
Agar
loyihani amalga oshirish lisenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda lisenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
Hujjatlar
2024 yil 1 apreldan 2 maygacha qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy
ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha
Parlament komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.
Hujjatlar
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati
boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi” nomiga “O‘zbekiston
pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha
qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.
Hujjatlarni
taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat
fondinin www.fоndngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. Ma’lumot uchun
telefonlar: 78 238 23 76, 78 238 23 77
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
05 04 2024 / 13:45