O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyul kuni mamlakatimizda amaliy
tashrif bilan bo‘lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber
Ungboni qabul qildi.
BMTning ushbu nufuzli instituti bilan hamkorlikni
yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
XMT bosh direktori samimiy qabul uchun minnatdorlik
bildirib, O‘zbekistonning mehnatkashlar huquqlarini ta’minlash, ish o‘rinlarini
yaratish va xalqaro konvensiyalarni implementatsiya qilish borasidagi
yutuqlariga yuqori baho berdi.
Shu munosabat bilan o‘z tashrifini O‘zbekiston
rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan samarali islohotlarni qo‘llab-quvvatlash
ifodasi deb atadi.
XMT mamlakatimiz tajribasini xalqaro miqyosda
o‘rganish va qo‘llash uchun muvaffaqiyatli model sifatida ko‘rayotgani
ta’kidlandi. Joriy yilning iyun
oyida O‘zbekiston tashkilotning Ma’muriy kengashiga saylanishi buning e’tirofi
bo‘ldi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi
hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Tashkilot ko‘magida O‘zbekistonda mehnat sohasida 40
dan ortiq normativ hujjat qabul qilindi, 22 ta xalqaro konvensiya
ratifikatsiyalandi.
Ijtimoiy adolat tamoyillarini ilgari surish bo‘yicha,
shu jumladan, "Ijtimoiy adolat global koalitsiyasi" doirasida qo‘shma
chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida 2026–2030 yillarga
mo‘ljallangan yangi Mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga
kelishib olindi.
O‘zA dan olindi
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
10 07 2024 / 12:29