Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Jamoat fondi 2024 yilga davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun tanlov e’lon qiladi



Ulashing :


Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

2024 yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov

E’LON QILADI

№

Davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari,
davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari

Buyurtmachi davlat organi

Ajratilgan mablag‘.
mln so‘m

1.

Ustuvor yo‘nalish: Zo‘ravonlik va tazyiqdan jabr ko‘rgan xotin – qizlarning bandligini mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga o‘qitish orqali ta’minlashga ko‘maklashish.

Maqsad: Ayollarni ksbga o‘qitish maqsadida maxsus jihozlangan o‘quv xonalarini tashkil etish,
4 turdagi kasbiy yo‘nalishlarda ya’ni uqalovchi, pazandachilik, tikuvchilik kabi SMM kasblari sarf materiallari bilan ta’minlash, shuningdek ushbu kasblarga o‘qitish uchun har bir markazga malakali mutaxassislarni yo‘llash.

Vazifalar: Respublika bo‘yicha 14 ta ayollar reabilitatsiya markazlarida 2800 nafar xotin – qizlarni qamrab olib, kasbga o‘qitish bo‘yicha 4 turdagi uqalovchi, pazandachilik, tikuvchilik kabi SMM kasblarini sarf materiallari bilan ta’minlash, maxsus jihozlangan 1 tadan xona ajratish va bu xonani o‘quv xonalar sifatida tashkil etish. Xonalarni 4 turdagi kasbiy yo‘nalishda zarur materiallar bilan ta’minlash. Shuningdek, ushbu kasblarga o‘qitish uchun har bir markazga 4 nafardan malakali mutaxassislarni yo‘llash.

Kutilayotgan natija: Zo‘ravonlik va tazyiqdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga o‘qitish orqali bandligini ta’minlashga ko‘maklashiladi. Zo‘ravonlik va tazyiqdan jabr ko‘rgan ayollar kasbga o‘rgatiladi va ish bilan ta’minlanadi.14 ta markazda 4 turdagi kasbiy yo‘nalishda zarur jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv xonalari tashkil etiladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3 800,0

2.

Ustuvor yo‘nalish: Ichimlik suvi ishlab chiqarish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni ichimlik suvi bilan taьminlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, isteьmolchilarni ichimlik suvi va oqova suvi xizmatlariga ulanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, isteьmolchilarga shartnoma asosida uzluksiz va bir maromda ichimlik suvi yetkazib berish, ichimlik va oqova suv inshootlarini hamda suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, suv sarfini hisobga oluvchi zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatish va ulardan unumli foydalanishni tashkillashtirish.

Maqsad: Aholining ichimlik suvi taьminotini yaxshilash va toza ichimlik suvi bilan taьminlash, aholining sanitar gigiyenik holatini yaxshilash.

Vazifalar: Aholi punktlarida ichimlik suvi tarmoqlarini tortish, suv olish quduqlarini qazish va aholining xonadonlariga suv hisoblagichlar o‘rnatish;

Viloyatning Koson tumanidagi “Nurafshon” MFY hududida yashovchi 603 ta xonadonda istiqomat qiladigan 3243 nafar aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.

Kutilayotgan natija: Buyurtmada belgilangan vazifalar amalga oshirilishi natijasida 10 kmlik ichimlik suvi tarmoqlari o‘tkaziladi. 1 dona suv ko‘tarib berish nasosi minorasi o‘rnatiladi. 1 dona xlorlash uskunasi, 1 dona transformator o‘rnatiladi. Natijada 3243 nafar aholi, 1 ta ta’lim maktabi, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi to‘liq ichimlik suvi bilan taьminlanadi, ichimlik suvining sarfi meьyorlashadi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi

1 500,0

3.

Ustuvor yo‘nalish: Aholi bilan muloqot qilish, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun ehtiyoj va talabalarini o‘rganish asosida turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish;

Maqsad: Samarqand viloyati Nurobod tumani “Pulatchi” MFY aholisini toza ichimlik suvi bilan taьminlash.

Vazifalar: Nurobod tumanidagi “Pulatchi” mahallasi hududida istiqomat qiluvchi 5033 nafar aholi, 1 ta maktab (67 maktab)ni ichimlik suvi bilan taьminlash;

Ichimlik suvi taьminoti tizimini yaxshilash uchun 1 dona rezervuar (hovuz 150 m3), 1 dona suv haydash nasosi, 12 km yangi suv tarmoqlarini yotqizish, 1 ta transformator va 1 ta xlorlash uskunasini o‘rnatish, 1 ta nasos stansiyasi qurish;

Kutilayotgan natija: Markazlashgan ichimlik suv taьminoti yetib bormagan “Pulatchi” mahallasining 5033 nafar aholisi, shu jumladan, hududdagi 1 ta maktab toza ichimlik suvi bilan to‘liq taьminlanadi. Mahallaning epidemiologik-sanitariya holati hamda aholi turmush darajasining sifati yaxshilanadi.

Samarqand viloyat hokimligi

2 700,0

4.

Ustuvor yo‘nalish: Xalqaro ta’lim dasturlari asosida Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda zamonaviy robototexnika, dasturchilarni va vatanga sadoqat ruhida zamonaviy yosh harbiylar sinflarini tashkil etish, shu orqali farzandlarimizni barkamol va kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash.

Maqsad: Maktab o‘quvchilarida animatsiya, dizayn, logistika operatori, robototexnika, tarjimon-gid, IT dasturchi-aloqachi kabi zamonaviy kasblarni o‘qitishga ham e’tibor qaratish. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarning farzandlari uchun bepul bitta 7-sinfdan boshlab alohida xarbiy yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etilib, ularda xorijiy til va IT dasturchi-aloqachi ko‘nikmalari shakllantirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda jinoyatchilikni oldini olish.

Vazifalar: Maktabda robototexnika, texnologiya, muxandislik fanlari, matematika, san’at, chet tillari yo‘nalishlarini kuchaytirish, bu boradagi laboratoriyalarni qayta jihozlash talab etiladi. Kompter texnik parametrlari - Intel Core i7-12gen/ DDR4 24GB SSD 512GB/ RTX 3050TI 4GB, HDD 1 TB, Arduino uno kabeli bilan - 15 ta, Maketniy plata - 10 ta, Papa-Papa Sim - 200 ta, Svetodiot har xil rangda - 200 ta, Server Kompyuter (servernaya stansiya), Wi-fi qurilmasi sotib olinadi. Xamkorlar bilan (“Qurilishta’mirdizayn“ MCHJ) Dang‘ara tumani xududida harbiy poligon yaratilishi va unda xarbiy yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan sinf va boshqa maktab o‘quvchilari uchun xam boshlang‘ich harbiy ta’limga oid amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazilishi tashkil qilinadi va buning uchun kerakli anjomlar, aslahalar sotib olinadi, kerakli ob’yekt va moslamalar quriladi. O‘quvchilar uchun maishiy infrastruktura yaratiladi, ular uchun zamonaviy sharoit tashkil qilinadi, zarur buyumlar va anjomlar bilan ta’minlanadilar.

Kutilayotgan natija:

Maktab o‘quvchilarida informatika va axborot texnologiyalari, robototexnika fani mazmuni, mustaqil  hayotda qo‘llash  imkoniyati bo‘lgan  raqamli  savodxonlik madaniyatini, tanqidiy fikrlash va kreativ axborot kommunikasion kompetensiyalari shakllanadi;

IT va dasturlash bo‘yicha o‘quv  metodik ta’minotini   (o‘qituvchi  kitobi, multimedia ilovalar, didaktik materiallar va boshqa) ishlab chiqiladi;

Informatika va axborot texnologiyalari fani  mazmuniga  elektron kutubxona, robototexnika, arduino, masofadan o‘qitish,ta’lim kontentini boshqarish tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar, internet tijorat, raqamli axborotlar bilan ishlash va ularni qayta ishlash  texnologiyalar kabi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zarur bo‘ladigan elementlar kiritiladi;

O‘quvchilarda ta’lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish uchun bugungi kunda mustaqil hayotga qadam qo‘yish, ta’limning keyingi bosqichiga o‘tish uchun zarur kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv metodik, didaktik, dasturiy ta’minot, jihoz va uskunalar bilan ta’minlanadi;

ijtimoiy muhtoj oilalarning farzandlari harbiy yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan sinfda bepul ta’lim olib, xorijiy til va IT dasturchi-aloqachi ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

Ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarning farzandlari bepul ta’lim oladilar va ular zamonaviy mutaxassislikka ega bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rnilarini topadilar. Shuningdek, yoshlar vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadi hamda jinoyatchiliklarni oldi olinadi.

Farg‘ona viloyat hokimligi

4 000,0

5.

Ustuvor yo‘nalish: Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Maqsad: Ekologik muammoli hududlarda “Salomatlik maktablari” faoliyatini hamda “Workout” maydonchalari tashkil etish va shu orqali mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib yig‘ilish, yoshlar va kattalar o‘rtasida ko‘cha sportini yanada rivojlantirishdir.

Vazifalar: Xorazm viloyatining Xazorasp, Xonqa, Shovot, Bog‘ot, Gurlan, Xiva, Yangiariq, Xiva shahri, Tuproqqala tumanlaridagi jami 18 ta mahallaning har birida “Workout” maydonchalari va “Salomatlik maktablari”ni tashkil etish. “Workout” maydonchalariga sport bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan inventarlar o‘rnatish, mashqlar o‘tkazish uchun shart-sharoit yaratish. “Workout” maydonchasi uchun 18 ta banner va 18 nafar sport trenerlarini tayyorlash.

Kutilayotgan natija: Loyiha oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirish uchun barcha zaruriy shart-sharoit mavjud. Tanlab olingan hududlarda Respublikada namunali tarzda faoliyat ko‘rsatayotgan “Salomatlik maktablari” tajribasi asos qilib olinadi. Buni amalga oshirish uchun sohaning malakali mutahassislari jalb qilinadi. Shu bilan birga, mahallalarda “Workout” maydonchalari tashkil etilishi natijasida hududdagi oila, mahalla va maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratiladi.

Xorazm viloyat hokimligi

950,0

Jami 5 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi

12 950,0

Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:

- ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;

- davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqlik kelishi;

- ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;

- ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;

- loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatalariga to‘liq rioya etish.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

Ariza taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

www.fondngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;

Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;

Agar loyihani amalga oshirish lisenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda lisenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

Hujjatlar 2024 yil 8 iyuldan 9 avgustgacha qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.

Hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi” nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondinin www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. Ma’lumot uchun telefonlar: 78 238 23 76, 78 238 23 77


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

11 07 2024 / 16:36