Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi 2024 yil 5 avgustgacha davlat granti 3-tanlovini e’lon qiladi



Ulashing :


Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

“Tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof muhitni yaxshilash” mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 3-tanlovni

E’LON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

1. Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashga, bolalarning tug‘ma kasalliklar va nuqsonlar bilan dunyoga kelishining oldini olish va profilaktikasiga bag‘ishlangan materiallar tayyorlash, aholi o‘rtasida targ‘ib etish;

2. Xotin-qizlarni ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishga jalb qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi an’analarini mustahkamlashga ko‘maklashish;

3. Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish sohasida ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini yuksaltirish;

4. Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yuksaltirish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;

5. “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashish;

6. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va ular uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiluvchi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish;

7. Aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini mahallalar, ta’lim-tarbiya muassasalarida keng targ‘ib qilish;

8. Orol halokatining atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini yumshatishga, Orolbo‘yi hududlarida ekologik vaziyatni tiklashga va sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish;

9. Qishloq joylardagi aholi punktlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;

10. Fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida barcha sohalarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;

11. Atmosfera havosi, suv va yer resurslarining ifloslanishini kamaytirishiga, biologik xilma-xillikni saqlash, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashga innovasion texnologiyalarni jalb etishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;

12. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;

13. Suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;

14. Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga NNT va fuqarolik jamiyatining institutlarini jalb qilish.;

15. Og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatuvchi xospislar tashkil etish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb sayti va https://t.me/GROUP_JAMOAT_FONDI telegram kanalida joylashtirilgan va yangi yuklangan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish lisenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda lisenziyaning nusxasi;

6. Tashkilotning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

7. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 200 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2024 yil 4 iyuldan 5 avgustgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (78) 238-23-76, (78) 238-23-77.


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

11 07 2024 / 16:38