Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi 2024 yil 5 avgustgacha davlat granti 4-tanlovini e’lon qiladi



Ulashing :


Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

“Jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquqiy ongini yuksaltirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash” mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 4-tanlovni

E’LON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalari, tamoyillari va maqsadlarini ochib berishga, qonun normalari haqida bilimlar targ‘ibotiga qaratilgan maxsus nashrlar, maqolalarni tayyorlash va chop etish;

2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda NNT faolligini oshirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish;

3. Ayollar, bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

4. Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida, mahallalar va ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsipi va normalari mazmun, mohiyatini yetkazishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;

5. Qurilish va obodonchilikka oid qarorlarni mahalliy darajada muhokama qilishni hamda jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;

6. Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish;

7. Aholi uchun bepul kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish ustidan jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlarini va innovasion usullarini joriy etish;

8. Xotin-qizlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va boshqa yordam ko‘rsatish;

9. Odam savdosi, noqonuniy mehnat migratsiyasidan jabr ko‘rgan aholiga tizimli profilaktik targ‘ibot, tashviqot va reabilitatsiya chora tadbirlarini amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;

10. Noqonuniy mehnat migratsiyasidan, majburiy mehnat va kamsitishlardan jabrlangan shaxslarni huquqiy va ijtimoiy himoyalashga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;

11. Nizoli vaziyatlar, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatish holatlarini va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni erta bartaraf etishda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni shakllantirish;

12. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish orqali qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e’tiborini yuksaltirishga ko‘maklashish;

13. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni o‘rganish, korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolik jamiyati institutlari va OAV faoliyati erkinligini ta’minlash;

14. Korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoatchilik nazorati sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar, chet el ijobiy tajribalarini joriy etish;

15. “O‘zbekiston-2030” strategiyasi mazmun mohiyatini zamonaviy texnologiyalar orqali targ‘ibot qilish va aholiga yetkazish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb sayti va https://t.me/GROUP_JAMOAT_FONDI telegram kanalida joylashtirilgan va yangi yuklangan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish lisenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda lisenziyaning nusxasi;

6. Tashkilotning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

7. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 200 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2024 yil 4 iyuldan 5 avgustgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (78) 238-23-76, (78) 238-23-77.


Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

11 07 2024 / 16:39