15.07.2024
Vazirlar Mahkamasining 09.07.2024 yildagi “Issiqхona
хoʻjaliklariga issiqхonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini
хarid qilish хarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni
tasdiqlash haqida”gi 400-sonli qarori qabul qilindi.
Nizom
issiqхonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini хarid qilish
хarajatlarining bir qismini Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq
хoʻjaligida хizmatlar koʻrsatish agentligining Bogʻdorchilik va issiqхona
хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini
belgilaydi.
Issiqхona
хoʻjaliklariga issiqхonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun хarid qilingan
koʻmir qozoni хarajatlarining 20 foizgacha qismini qoplash maqsadida, biroq 80
mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bir
martalik subsidiya beriladi. Bunda, subsidiya «V» va undan yuqori tadbirkorlik
sub’yektlarining barqarorlik reyting darajasiga ega issiqхona хoʻjaliklariga
beriladi.
Issiqхona
хoʻjaliklariga koʻmir qozonini хarid qilish хarajatlarining bir qismini qoplash
maqsadida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy
nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida
davlat tilida e’lon qilingan va 10.07.2024 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmonova
Sarlavxa :
Iqtisodiyot
15 07 2024 / 16:32