Kambag‘allar bu yerlarni katta kompaniyalarga ikkilamchi ijaraga berishi yoki bir nechta yer egalari kooperatsiyaga birlashib, kompaniyalardan buyurtma olishi, har ikki holatda ham aholi yerda o‘zi mahsulot yetishtirib, buning uchun oylik olishi ma’lum qilindi. Faqat to‘qimachilik korxonalariga berilgan ijtimoiy soliq imtiyozi endi barcha sohadagi korxonalarga tatbiq etiladi.
Ta’kidlanishicha, bu yerlarda “kompaniya – kooperativ – dehqon xo‘jaligi” tamoyili asosida dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil etiladi.
Bunda, yerdan uch xil daromad olinadigan yangi tizim yaratiladi:
“Ya’ni, kambag‘al oila o‘ziga berilgan yerdan yanada samarali foydalanib, oylik olish bilan birga, ijara yoki dividenddan daromad ko‘radi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birgalikda bu orqali kamida 200 ming aholini band qilish topshirildi.
Yig‘ilishda aytilishicha, umumiy ovqatlanish sohasiga berilgan yengilliklarga javoban sohadagi yirik brendlar qisqa muddatda Samarqand, Andijon va poytaxtda 2 ming odamga ish bergan.
Ikki yil avval umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlariga ijtimoiy soliqdan imtiyoz berilgan edi. Tadbirkorlarga shu imtiyoz yana 2 yilga uzaytirib berilsa, ular 150 ming ehtiyojmand aholini ish bilan ta’minlashga tayyor.
Ayrim korxonalar koll-markaz tashkil qilib, hozirni o‘zida 2 ming nafar nogironligi bo‘lgan aholiga kompyuter va telefon olib berish orqali ularni uyini o‘zida ish bilan ta’minlamoqchi.
Xizmatlar sohasidagi tadbirkorlar kambag‘al aholini ishli qilaman desa, imtiyoz muddatini yana uzaytirish mumkinligi ta’kidlandi.
Hozir sanoatda eng ko‘p ish o‘rni yaratadigan soha – to‘qimachilik.
Tadbirkorlar 2 yil avval tayyor trikotaj, bo‘yalgan mato va gazlama korxonalariga ijtimoiy soliqdan berilgan imtiyozni uzaytirib berishni so‘ramoqda.
Agar korxonalar kambag‘al aholini band qilsa, o‘sha ishchiga ijtimoiy soliqdan imtiyoz yana uch yilga saqlanib qoladi.
Ushbu imtiyoz nafaqat to‘qimachilikka, balki barcha sohadagi korxonalarga beriladi.
Bu imkoniyatdan foydalanib, to‘qimachilik, qurilish materiallari, charm-poyabzal va hunarmandchilikda 120 ming, dehqonchilik va chorvachilikda 120 ming, qurilish sohasida 25 ming, elektrotexnikada 20 ming kambag‘al aholini ishli qilish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
11 09 2024 / 18:52