Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi mikrofirmalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 300 million dollarlik dasturni tasdiqladi



Ulashing :


Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi mikrofirmalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 300 million dollarlik dasturni tasdiqladi
4

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston Hukumatining bank xizmatlari bilan qamrab olinmagan yoki yetarli darajada qamrab olinmagan mikrokorxonalarning moliya olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha choralarini qo‘llab-quvvatlash uchun 300 million AQSH dollari miqdorida sektorni rivojlantirish dasturini ma’qulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, inklyuziv moliya sektorini rivojlantirish dasturining 1-kichik dasturi inklyuziv moliyani rivojlantirish uchun siyosat muhitini yaxshilash, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning institutsional salohiyatini oshirish va mikromoliya bozori o‘sishini ta’minlash uchun moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha tarkibiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

– Ushbu qarz orqali OTB tadbirkorlar uchun, xususan, ayollar uchun moliyaviy mahsulotlar va xizmatlardan keng foydalanish imkoniyatini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu ularning hayotini yaxshilashga yordam beradi, – dedi Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya. Mamlakatning moliya sektorida davlat tijorat banklari ustunlik qiladi, inklyuziv moliyani taqdim etuvchi mikromoliya tashkilotlari esa bank tizimining atigi 0,5 foizini tashkil qiladi.

"Global Findex"ning 2021 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, voyaga yetgan o‘zbekistonliklarning faqat 44 foizi rasmiy moliya institutlarida hisob raqamlariga ega. Bu esa Markaziy Osiyodagi o‘rtacha 58 foizni tashkil etuvchi mintaqaviy ko‘rsatkichdan ancha past.

Sh.Mamaturopova, O‘zA


Sarlavxa :
Iqtisodiyot

20 09 2024 / 11:23