Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

2024 yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar tashkil etildi



Ulashing :


2024 yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar tashkil etildi

2024 yilning 9-19 sentyabr kunlari O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va “Taraqqiyot” Siyosiy ta’lim markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar, tumanlar mahalliy kengashlari depututligiga ko‘rsatilgan nomzodlar uchun seminar-treninglar oflayn va onlayn formatida tashkil etildi.
Ushbu o‘quv seminarlari quyidagi tartibda tashkil qilindi:
- 9-10 sentyabr kunlari soat 14.30dan 18.00ga O‘zLiDeP SKIQ Majlislar zalida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan ko‘rsatilgan nomzodlar uchun oflayn hamda respublikaning boshqa hududlaridan ko‘rsatilgan nomzodlar uchun onlayn shaklida o‘tkazildi;
- 11-19 sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida joylashgan O‘zLiDeP kengashlarida Mahalliy kengashlar deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar uchun tashkil etilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treninglarda saylov jarayonlari, jumladan, saylovlarda partiyaning siyosiy imijini shakllantirishning asosiy omillari, saylov kampaniyasida zamonaviy PR texnologiyalar, nomzodlikka tayyorlash va shularga oid jahon tajribasi hamda uni O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimiga tadbiq etish kabi masalalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar-treninglarga saylov jarayonlari, jumladan, saylovlarda partiyaning siyosiy imijini shakllantirishning asosiy omillari, saylov kampaniyasida zamonaviy PR texnologiyalar, nomzodlikka tayyorlash va shularga oid jahon tajribasi hamda uni O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimiga tadbiq etish kabi masalalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish uchun Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi, Toshkent davlat yuridik, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetlarining tajribali professor-o‘qituvchilari, ekspert-olimlari jalb qilindi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda o‘quv seminarlari quyidagi yo‘nalishlar asosida tashkil qilindi:
- siyosiy partiyalar rolini oshirish, ularning o‘z kuchi va imkoniyatlarini amalda to‘la namoyon etishi uchun aralash, ya’ni majoritar-proporsional saylov tizimini o‘rganish, bu boradagi bilimlarni mustahkamlash;
- partiya tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassis-kadrlarning bu boradagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy bilimlarini zamonaviy interfaol usulda o‘qitish, qayta tayyorlash hamda ularga raqamli iqtisodiyot asoslarini o‘rgatish orqali malakasini oshirish;
- o‘quv kurslari ishtirokchilariga saylov jarayonlarida mahalliy va xorijiy OAV bilan ishlash bo‘yicha kerakli bilim va ko‘nikmalarni berishda yangi axborot texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish;
- saylov jarayonlarida “imidjmekerlar” faoliyati, PR texnologiyalarni qo‘llash, saylovoldi targ‘ibot va tashviqot ishlarida ulardan keng miqyosda foydalanish;
- saylov jarayonlarini kuzatish uchun tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiya a’zolari bilan ishlash bo‘yicha seminar-treninglari tashkil etish va hk.
Shu nuqtayi nazardan, O‘zLiDePning respublika ijtimoiy-siyosiy maydonidagi rolini yanada oshirish maqsadida siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiyot sohalaridagi kadrlar, xususan partiyaning mutaxassis-xodimlari, viloyat, shahar va tuman kengashlari, deputatlik va jamoatchilik guruhlari a’zolari shuningdek, tadbirkorlik va fermerlik subyektlari vakillari uchun o‘quv seminarlari bosqichma-bosqich ravishda o‘tkazib boriladi.

J.Nematillayev,
“Taraqqiyot” siyosiy ta’lim markazi menejeri





Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

24 09 2024 / 17:18