Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

O‘zLiDeP har yili mingta yosh oilaga imtiyozli ipoteka krediti berishni taklif etmoqda



Ulashing :


O‘zLiDeP har yili mingta yosh oilaga imtiyozli ipoteka krediti berishni taklif etmoqda
JamiyatTanlash
Ro‘yxatdan o‘ting
16:11 / 24.09.2024

Saylovoldi tashviqoti tadbirlari faollik bilan olib borilmoqda. O‘zLiDeP tashkilotlari hamda deputatlikka nomzodlari saylovoldi uchrashuvlarda partiyaning yangi besh yillik dasturida ko‘zda tutilayotgan maqsad-vazifalar haqida saylovchilarga ma’lumot bermoqda.

Joylardagi uchrashuvlarda qayd etilganidek, partiya kelgusi besh yillikda sifatli ta’lim, tibbiyot va kuchli ijtimoiy himoyani ta’minlash bo‘yicha tizimli ish olib borishni maqsad qilgan. Birgina ta’lim sohasida dunyodagi “Top-500”lik reytingdagi xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim”ni joriy etish, yoshlarimizni “Top-100” global ro‘yxatga kirgan universitetlarda ta’lim olishi uchun valyutada uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini yo‘lga qo‘yishni ilgari surmoqda.

Shuningdek, partiya Saylovoldi dasturida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish, ilm-fanga yo‘naltirilgan mablag‘larni yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2030 yilgacha 10 barobar oshirish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida har bir mahallada “Mustaqil rivojlanish” markazlari tashkil qilinishi partiyaning yoshlarga oid siyosatiga hamohangdir.

Bundan tashqari, O‘zLiDeP Saylovoldi dasturida yoshlar uchun maxsus uy-joylar qurish va har yili 1000 nafar yosh oilaga imtiyozli ipoteka kreditlarini berish taklif etilayotgani yosh saylovchilar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

M.Komilova, O‘zA





Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy

25 09 2024 / 11:51