GRANT VA IJTIMOIY BUYURTMALAR TANLOVLARI G‘OLIBLARI ELЕKTRON PLATFORMADA ANIQLANADI
Bugun yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 26 avgust kuni qabul qilingan “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mamlakatning har tomonlama va jadal rivojlanishida fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan oshirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvchi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha tizim yaratildi.
Bugun Toshkent shahrida joylashgan “Ulug‘bek” jamg‘armasi binosida Farmon ijrosi yuzasidan Yagona elektron platformani rasmiy ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari, Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi a’zolari, Jamoat fondi rahbariyati, fuqarolik jamiyati institutlari faollari va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Endilikda fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bog‘liq barcha jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi mazkur Platforma ajratilayotgan mablag‘larni oqilona taqsimlash, shaffofligini ta’minlashda barcha imkoniyatlarni, qulayliklarni yaratadi.
Ushbu tizim fuqarolik jamiyati institutlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va ishlab chiqilayotgan onlayn platformani to‘liq avtomatlashtirishhujjatlar almashinuvidagi zamonaviy yondoshuvga, inson omilisiz tanlovlarni o‘tkazishga sharoit yaratadi. Bundan tashqari,platformaning yana bir afzallik tomoni shundaki, bir nechta davlat tashkilotlaridan ma’lumotnoma olish maqsadida ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir hujjatlarni elektron tarzda integratsiya qilingan.
Har bir talabgor tashkilot endilikda tanlovlarda ishtirok etish uchun loyihalarni topshirish, davlat subsidiyasini olish uchun buyurtmalarni yuborish, klarni ko‘rib chiqish va baholash jarayonlarini shaxsiy kabineti orqali kuzatib borishi mumkin. Bundan tashqari platforma tanlovlarning mavzularini shakllantirishda nafaqat fuqarolik jamiyati institutlari, balki keng jamoatchilik tomonidan ham takliflar berilishi, ularning muhokamalarda bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Platforma tizim fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga olib chiqib, mazkur jarayonlarning shaffofligini ta’minlaydi.
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
14 10 2024 / 14:21