Loading...
Ўзбекча Русский Ўзб Рус

Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazida Turkiyalik hamkorlar bilan “Onlayn” uchrashuv bo‘lib o‘tdi



Ulashing :


Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazida Turkiyalik hamkorlar bilan “Onlayn” uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024 yilning 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazida O‘zbekiston Iqtisodchilar uyushmasi vakillari Turkiyaning ÖZTÜRK HOLDING kompaniyasi Direktorlar Kengashi raisi o‘rinbosari Nasan Gyungyor bilan Zoom platformasi orqali “onlayn” uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi hududida, dastlab Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida, keyinchalik Qaraqalpog‘iston Respublikasi hududida qattish maishiy chiqindilarni qayta ishlash orqali issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.
O‘zaro muloqotda tomonlar ushbu Shartnoma tuzilgan kundan boshlab ishlarni bajarish va tushumlarni yig‘ish va taqsimlash maqsadida «OZTURK XOLDING» va «KAMALAK-INVEST-AZIZA» kompaniyalari ishtirokida yangi qo‘shma korxona tashkil etishga kelishib olindi.Tomonlar Qo‘shma korxona faoliyatini amalga oshirishda ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq o‘zaro bilan hamkorlik qiladilar.
O‘zbekiston tomonidan taklif etilayotgan texnologiyalar mamlakatimizning ishbilarmon doiralari vakillarida ham katta qiziqish uyg‘otib, Respublikaning ishbilarmonlik muhiti salohiyati yuksalib borayotgani, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi innovatsiyalar va yashil texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Ushbu loyiha turli xildagi chiqindilarni qayta ishlash va bu bilan atrof-muhit, havo ifloslanishini kamaytirish, shuningdek, mamlakatda energiya samaradorligini oshirish strategiyasining bir qismi sifatida ushbu texnologiyani joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Umuman olganda, ushbu ikki tomonlama muzokaralar iliq va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, xususan har xil turdagi chiqindilarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun dasturul-amal bo‘lib xizmat qiladi.
J.Nematillayev,
O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni
qo‘llab-quvvatlash markazi bosh mutaxassisi





Sarlavxa :
Iqtisodiyot

22 10 2024 / 11:25