
Tanlovning Sirdaryo viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan yosh tadbirkorlar o‘z biznes- rejalarini hakamlar hay’ati va ishtirokchilarga taqdim qildi.

Tanlov natijasiga ko‘ra, Guliston shahrining Nihol mahallasida istiqomat qilayotgan yosh tadbirkor Komila Askobilovaning qiymati 70 million so‘m bo‘lgan, xizmat ko‘rsatish loyihasi, Guliston shahrining Navbahor mahallasida istiqomat qilayotgan yosh tadbirkor Sarvar Toshmurodovning qiymati 60 million so‘m bo‘lgan mebel mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi, Guliston shahrining Ma’naviyat mahallasida istiqomat qilayotgan Mahmud Yuldashevning qiymati 170 million so‘m bo‘lgan Huquqiy maslahat ko‘rsatish loyihasi, Yangiyer shahrining Shukrona mahallasida istiqomat qilayotgan Sherzod Jamoliddinovning qiymati 120 million so‘m bo‘lgan logistika loyihasi g‘olib bo‘ldi.


Viloyat bosqichida g‘olib deb topilgan ushbu loyihalar egalariga Respublika bosqichiga yo‘llanma taqdim etilgan bo‘lsa, faol ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
G‘ulom Primov,
O‘zA muxbiri
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
24 10 2024 / 12:14