Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Konstitutsiya mahallasida joylashgan 576-saylov uchastkasi saylov jarayoni juda qizg‘in kechdi.
Saylov uchastkasi raisi Jaloliddin Xoltoyevning qayd etishicha, uchastkaga “Konstitutsiya” nomli mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi qamrab olingan. Mahalla ahli ovoz berishda faol ishtirok etdi.
2 ming 412 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, shundan 41 nafari birinchi marotaba ovoz berdi, 10 nafar saylovchi esa muddatidan oldin ovoz bergan.
Ovoz berish jarayonini siyosiy partiyalar vakillari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda xalqaro kuzatuvchilar bevosita kuzatib bordi.
Xususan, mazkur uchastkaga 70 nafardan ortiq xalqaro kuzatuvchi tashrif buyurdi. Kuzatuvchilardan hech qanday e’tirozlar kelib tushmagan.
Siyosiy partiyalar vakillaridan bo‘lgan kuzatuvchilarga ham zarur sharoitlar ta’minlandi.
Uchastkada 20.00 da ovoz berish yakunlanib, saylov uchastkasi komissiyasi a’zolari yig‘ilgan ovozlarni sanashga kirishdi. Kuzatuvchilar bu jarayonni ham kuzatib bormoqda.
Norgul Abduraimova,
Nosir Haydarov (surat), O‘zA
Sarlavxa :
Ijtimoiy–siyosiy
28 10 2024 / 10:04